![]()
Toshkent pedagogika texnikumida xalqaro ta’lim hamkorligi
🎓 Toshkent pedagogika texnikumi 2026/2027-o‘quv yili uchun xalqaro ta'lim dasturi doirasida Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri: "Wuwei Vocational and Technical" universiteti bilan hamkorlikda (kamida umumiy o'rta ta'lim negizida) “Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi” kasbi bo'yicha kunduzgi ta’lim shakliga to'lov kontrakt asosida o'quvchilarni qabul qiladi.
Mazkur ta'lim dasturi o‘quvchilarning xalqaro ta’lim doirasida bilim va tajriba orttirishi, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Qabul uchun arizalar 2026-yil 10-sentabrgacha my.edu.uz elektron platformasi orqali topshiriladi. Manzil: Chilonzor tumani Muqimiy ko'chasi 186-uy Telefon raqamlar: (78)278-55-64 (78)278-55-86
Telegram | Instagram
![]()
2025 yil 24 iyun kuni Toshkent pedagogika texnikumi direktori M.X.Tadjieva va kasbiy ta’lim buyicha direktor o‘rinboosari G.Rasulova Samarkand shaxrida “Texnikum bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari ishtirokida demonstratsion imtixon shaklida o‘tkazish” mavzusida Respublika seminarida ishtirok etishdi.Seminar ishtirokchilari Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi,Samarqand Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, Samarqand shaxar 1-son politexnikumi bitiruvchilari kasblar buyicha egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini ish beruvchi tashkilotlarda va ularning ekspertlari ishtirokida amaliy imtixon shaklida bajarib ko‘rsatdilar
TOSHKENT PEDAGOGIKA TEXNIKUMIDA
2025-2026 O’QUV YILIDA O’QUVCHILAR QABULI
Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Eslatma: Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, professional ta’lim
to‘g’risidagi me’yoriy hujjatlarga asosan, bakalavriatiga toplagan ball bilan texnikumda oqishni davom ettirish mumkin.
![]()